Rossiya chempionati. “Anji” so'nggi daqiqalarda mag'lubiyatdan qutulib qoldi

3 mar 2018, 00:44
Rossiya chempionatining 21-turida “Anji” o'z maydonida “Rubin” bilan ochkolarini bo'lishib oldi.

Uchrashuvning 36-daqiqasida Ivelin Popov hisobni ochib qozonliklarni oldinga olib chiqqan bo'lsa, uchrashuvning hakam tomonidan qo'shib berilgan ikkinchi daqiqasida argentinalik Xuan Leskano “Rubin” darvozasiga gol urib, jamoasining bir ochko ishlab olishini taminladi.

O'xshash yangiliklar


Manba: championat.asia