Rossiya birinchi divizioni. 5-tur. "Gazovik" durang o'ynadi, Sanjar Tursunov debyut qildi

Narzulla Saydullayev
28 iyul 2013, 22:53
Rossiya birinchi divizionida 5-tur o'yinlari bo'lib o'tdi.
"Nefteximik" o'z uyida "Baltika"ga yutqazib qo'ydi - 0:1. Uchrashuvda hamyurtimiz Davron Mirzaev 45 daqiqa harakat qildi. "Nefteximik" 4ta o'yindan 1 ochko to'plab musobaqa jadvalining 18-pog'onasida bormoqda. 

"Gazovik" esa o'z uyida yakka peshqadam Tulaning "Arsenal" klubini qabul qildi va g'alabani qo'ldan chiqardi - 2:2. Hamyurtimiz Sanjar Tursunov yangi klubidagi debyutini bugun o'tkazdi. 81-daqiqada yarim himoyachimiz maydonga tushdi.

Nefteximik – Baltika 0:1 (0:0, 0:1)
28 iyul, 19.00, Nefteximik
Gol:
0:1 – 90 Salnikov.
Nefteximik – Losev, Kambolov, Gultyaev, Drannikov, Piskunov, Ryaboshapka, Dzaxov, Bocharov (Kuzyaev, 71), Nurov (Jalilov, 56), Davron Mirzaev (Chala, 46), Uridiya (Maxmutov, 75).
Baltika – Sheliya, Zimulka, Xaliullin, Vasilev, Plopa, Chirkin, Gacko, Stockiy, Kalenkovich, Skavish, Votinov.


Gazovik – Arsenal Tula 2:2 (1:0, 1:2)
28 iyul, 18.00, Gazovik
Gollar:
1:0 – 35, penalti Kobyalko, 2:0 – 62 Druzin, 2:1 – 69 Lyax, 2:2 – 90 Timoxin.
Gazovik – Moskvin, Vasiev (Sanjar Tursunov, 81), Axmedov, Andreev, Druzin, Breev (Vukobratovich, 84), Parnyakov, Xazov (Poluyaxtov, 66), Kojanov (Arziani, 65), Kobyalko, Malix.
Arsenal Tula – Filimonov, A. Denisov, Ershov, Lozenkov, D.A. Smirnov, Makarenko, Koshchelan, Ignatev, Shilov, Savin, Kutin.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia