
Hamyurtimiz Vitaliy Denisov to'p tepayotgan "Lokomotiv" klubi o'z uyida peshqadamlar qatorida borayotgan "Rostov"ni qabul qildi. O'yinda "temiryo'lchilar" raqibni yakson qilishdi - 5:0. Vitaliy Denisov uchta golga hammualliflik qildi. Mehmonlar 59-daqiqadan boshlab 9 kishi bo'lib o'ynashganini takidlash lozim.
Lokomotiv – Rostov 5:0 (1:0, 4:0)
26 avgust, Lokomotiv
Gollar: 1:0 – 44 Kaysedo (Busuffa), 2:0 – 53, penalti Samedov, 3:0 – 57 Maykon (Denisov), 4:0 – 62 Tarasov (Denisov), 5:0 – 83 Pavlyuchenko (Denisov).
Lokomotiv – Abaev, Shishkin, Chorluka, Dyurica, Vitaliy Denisov, Tarasov, Mixalik (Diarra, 64), Samedov, Bussufa, Maykon (Miranchuk, 73), Kaysedo (Pavlyuchenko, 66).
Rostov – Pletikosa, Agalarov, Dyakov, Kulu, Lolo, Gackan, Sheshukov, Kalachev, Kanga (Poloz, 56), Ananidze (Milich, 56), Dzyuba (Fatullaev, 63).
Ogohlantirishlar: Kanga (27), Bussufa (29), Lolo (45).
Chetlatish: Agalarov (52), Lolo (59).