

Moskvada "Dinamo" klubi "Anji"ni qabul qildi. Uchrashuvning 26-daqiqasida Artur Yusupovning pasidan so'ng Pavel Solomatin Jusileydan qochib kyetib uzoq pastki burchakni aniq nishonga oldi - 1:0.
33-daqiqada Everton Almeyda gol muallifi Solomatinni so'nggi umid chorasi sifatida yiqitgani uchun hakam tomonidan qizil kartocha bilan "siylandi".83-daqiqada Villianning havolatib uzatib bergan to'pini Kristofer Samba boshi bilan darvozaga yo'llab hisobni tenglashtirdi - 1:1. 90+3-daqiqada "Anji" vakili Mexdi Karsela-Gonsales to'pni o'z jarima maydoni ichida qo'li bilan o'ynagani uchun hakam mehmonlar darvozasiga penalti belgiladi. Uni Andrey Voronin aniq amalga oshirib yakuniy natijani o'rnatdi - 2:1. Uchrashuvda Odil Ahmedov to'liq 90 daqiqa harakat qildi.
Dinamo – Anji 2:1 (1:0, 1:1)
19 iyul, Arena Ximki
Gollar: 1:0 – 26 Solomatin, 1:1 – 83 Samba, 2:1 – 90, penalti Voronin.
Dinamo – Shunin, Uilkshir, Granat, Fernandes, Lomich, Zobnin (Voronin, 61), Yusupov, Solomatin (Sobolev, 68), Noboa, Kasaev (Dyadyun, 84), Smolov.
Anji – Gabulov, Logashov, Jusiley, Samba, Everton, Odil Ahmedov, Diarra (Karsela-Gonsales, 60), Denisov (Shatov, 71), Ionov, Villian (Bussufa, 90), Eto′O.
Ogohlantirishlar: Uilkshir (81), Eto′O (90).
Chetlatish: Everton (33).



