Rossiya. 2-tur. Denisov maydonga tushmadi, "Lokomotiv" g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
20 iyul 2013, 21:37
Rossiya premer ligasida 2-turning navbatdagi o'yini yakunlandi.
"Volga" o'z uyida Moskvaning "Lokomotiv" klubiga qarshi kechgan o'yinda mag'lub bo'ldi - 1:2. 

63-daqiqada Aleksandr Samedovning to'p uzatishidan so'ng zaxiradan maydonga tushgan Maykon (fotoda) boshi bilan hisobni ochdi - 0:1. Oradan 7 daqiqa o'tgach Mulumba Mukendining kuchli va aniq zarbasi oldida "Loko" posboni ojiz qoldi - 1:1. Uchrashuv taqdirini hal qilgan vaziyat 87-daqiqada yuz berdi. Ropotan o'z jarima maydoni yonida to'pni qo'li bilan o'ynadi, belgilangan jarima to'pini Roman Shishkin ajoyib tarzda darvozaning to'qqizligiga joylab qo'ydi - 1:2. O'yinda "Lokomotiv" safida o'zbekistonlik himoyachi Vitaliy Denisov maydonga tushmadi. 


Volga NN – Lokomotiv 1:2 (0:0, 1:2)
20 iyul, 19.30, Lokomotiv
Gollar:
0:1 – 63 Maykon, 1:1 – 67 Mukendi , 1:2 – 87 Shishkin.
Volga NN – Abaev, Bordiyan (Polyanin, 77), Polchak, Bulgaru, Kolodin, Ropotan, Koncedalov, Karyaka (Sychev, 46), Leandro, Shelton (Putilo, 54), Mukendi .
Lokomotiv – Gilerme, Shishkin, Chorluka, Dyurica, Yanbaev, Sapater, Tkachev, Tarasov, Samedov (Kaysedo, 75), Grigorev (Maykon, 62), N′Doye (Pavlyuchenko, 82).
Ogohlantirishlar: Mukendi (13).

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia