Xabaringiz bo'lsa kerak, bugundan Rossiyada premer liga o'yinlari start oldi. Chempionat "Dinamo" - "Volga" klublari o'rtasidagi bahs bilan boshlandi. Moskvada kechgan uchrashuvda tomonlar jangavor durangga imzo chekishdi. Turning yana bir biz uchun muhim bo'lgan o'yini "Anji" - "Lokomotiv" bundan bir necha daqiqa oldin poyoniga etdi. Aytish kerakki, ushbu ikkala jamoada ham bugungi kunda milliy terma jamomizning asosiy figuralari harakat qilmoqda. Shu bois "Anji" - "Lokomotiv" o'yiniga bo'lgan qiziqish yuqori edi.
Afsuski markaziy o'yinda hamyurtlarimiz zaxirada qoldirildi.
Uchrashuv tafsilotlariga qisqacha to'xtaladigan bo'lsak, birinchi bo'limda hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limda birinchi bo'lib gol kiritish esa mehmonlarga nasib etdi. "Temiryo'lchilar"ning tajribali hujumchisi Dame NDoye 62-daqiqaga kelib o'zini ko'satdi va jamoasini hisobda oldinga olib chiqishga erishdi, 0:1.
Shundan so'ng, Guss Xiddink jamoasi ham vaziyatni o'nglash uchun hujumga zo'r berdi. Buning natijasida Anji hisobni tenglashtirishga erishdi. Aniqrog'i Lokomotiv himoyachisi Yan Dyurica o'z darvozasiga to'p kiritib yuborib, Maxachqalaliklarga yordam berib yubordi. Oradan biroz o'tib, "Anji" hisobda oldinga chiqib olishga ham erishdi. 83-daqiqada Traore jamoasining uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritishgan muvaffaq bo'lgandi. Ammo ular tayyor g'alabani qo'ldan boy berdi. Boisi "Lokomotiv" uchrashuv oxirlab borayotganida yana bitta to'p kiritib, muvozanatni tiklay oldi.
Shu tariqa mazkur legionerlarimizsiz o'tgan o'yinda durang qayd etildi.
Anji – Lokomotiv 2:2 (0:0, 2:2)
14 iyul, 19.30, Anji-Arena
Gollar: 0:1 – 62 N′Doye, 1:1 – 79, avtogol Dyurica, 2:1 – 83 Traore, 2:2 – 89 Pavlyuchenko.
Anji – Gabulov, Gadjibekov, J.Karlos, Jusiley, Tagirbekov, Diarra (Samba, 90), Denisov, Bussufa, Villian, Ionov (Traore, 46), Eto′O.
Lokomotiv – Gilerme, Shishkin, Chorluka, Dyurica, Yanbaev, Tigorev, Tarasov, Miranchuk (Tkachev, 59), Samedov, Maykon (Grigorev, 68), N′Doye (Pavlyuchenko, 77).

Ogohlantirishlar: Yanbaev (25), Tarasov (74), Tagirbekov (78), Chorluka (90), Gilerme (90).
Saytimizning chempionatlar bo'limidagi ROSSIYA da premer ligani kuzatib borish mumkin.