Rossi "Real Solt-Leyk" futbolchisiga aylandi

27 fev 2020, 23:18
Italiyalik hujumchi faoliyatini AQSHda davom ettiradi.

33 yoshli forvard "Real Solt-Leyk" klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida jamoaning matbuot xizmati ma'lum qildi. Bayonotda bitim tafsilotlari oshkor qilinmagan. OAV esa tomonlar o'rtasida bir yilga mo'ljallangan shartnoma tuilgani haqida gapiryapti. 

Ma'lumot uchun, Rossi Nyu-Jersi shtatida tug'ilgan, 13 yoshida Italiyaga ko'chib kelgan va "Parma" akademiyasiga qabul qilingan. Faoliyati davomida MYU, "Fiorentina" va "Vilyarreal" singari klublar safida ham to'p tepgan hujumchining so'nggi klubi "Jenoa" bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: twitter.com›realsaltlake