Rossi ikki yillik tanaffusdan so'ng Italiya termasiga qaytdi

Narzulla Saydullayev
7 okt 2013, 08:43
Italiya terma jamoasi ustozi Chezare Prandelli JCH-2014 saralashi doirasidagi Daniya va Armanistonga qarshi o'yinlar uchun chaqirilgan futbolchilarni e'lon qildi.
56 yoshli murabbiy Fiorentina hujumchisi Juzeppe Rossini yana termaga qaytardi. Futbolchi og'ir jarohat tufayli ikki yillik tanaffusdan so'ng yana termaga qaytdi. Shuningdek bu yig'inga Roma himoyachisi Federiko Balcaretti ham taklif olgan.

Darvozabonlar: Buffon, Marketti, Sirigu.

Himoyachilar: Abate, Astori, Balcaretti, Bonuchchi, Kellini, De Silvestri, Paskual, Ranokkya.

Yarim himoyachilar: Akvilani, Kandreva, De Rossi, Diamanti, Florenci, Djakkerini, Markizio, Montolivo, Pirlo, Poli, Tiago Motta, Verratti.

Hujumchilar: Balotelli, Cherchi, Djilardino, Rossi, Osvaldo, Insine.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru