

26 yoshli futbolchi o'tgan mavsumda Angliya chempionatining 34 uchrashuvida 9 ta gol urdi.
"Vest Bromvich" va Venesuela terma jamoasida gollar urdim, shu sababli yangi mavsum oldidan o'zimni yaxshi his qilyapman. Men uchun gol urish juda muhim va bu safar o'tgan mavsumdagidan ko'proq gol yozmoqchiman. Yangi mavsumga jismonan tayyor ekanligimizni aniqlashimiz kerak" - deydi Rondon.



