Ronalduning xizmatlari "Inter"ga taklif qilindi

Sherzod Nurmatov
28 iyun 2022
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtinu Ronaldu o'ziga yangi klub izlashda davom etmoqda.

Yaqinda uning xizmatlari "Inter"ga taklif etildi. 

"La Repubblica" nashri ma'lumotlariga qaraganda, portugaliyalik klub vakillari bilan bu masalada bog'langan.

Milan klubi 37 yoshli fovardning taklifini rad etishga majbur bo'ldi, chunki ular unga yiliga 20 million evroga yaqin maosh to'lashga tayyor emas.

Ronaldu o'tgan mavsumda "Manchester Yunayted" safida 39 ta o'yinda 24 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: La Repubblica