Ronalduning MYUdan ketishi biroz qiyin bo'ladi. Futbolchiga talabgorlar kam

Administrator
9 iyul 2022, 00:49
Krishtianu yozda MYUni tark etmasligi mumkin.

The Independent nashrining yozishicha, "Manchester Yunayted" yozda Krishtianu Ronalduni sotish niyatida emas. 

Ronalduning agenti Jorje Mendesh mijozi uchun yangi jamoa qidirmoqda. Ammo futbolchiga talabgorlar unchalik ham ko'p emas. 

"Chelsi" klubi Ronalduni sotib olishi mumkin edi. Ammo Ronaldu Tomas Tuxelning rejalariga kirmasligi ma'lum bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Ronaldu bungacha "Manchester Yunayted"ning qatorasiga to'rtta mashg'ulotini o'tkazib yuborgandi.

O'xshash yangiliklar


AdministratorMuallif
Manba: The Independent