Ronalduning La Ligada bosh bilan urgan gollari 50taga etdi
Aslanov Jasurbek
4 mar 2018, 07:27
“Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldu kecha oqshom Ispaniya chempionatining “Xetafe”ga qarshi kechgan uchrashuvida dublga erishdi.
O'yin “Qirollik klubi”ning 3:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Ronaldu ikkinchi golini bosh bilan kiritdi. Bu bilan Krishtianu La Ligada bosh bilan kiritilgan gollari sonini 50taga etkazib oldi.