"Ronalduning "Atletiko"ga o'tishiga yo'l qo'ymang". "Real" muxlislari Peresga murojaat qilishdi

Aziz Tukhtamuradov
22 iyul 2022, 08:01
"Real" AQSHda yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rishda davom etmoqda.

Kecha, 21 iyul kuni klub prezidenti Florentino Peres ham o'sha yerda paydo bo'ldi va muxlislarga avtograf berdi. 

Peres jamoa mashg'ulotlarini kuzatdi. O'sha yerda, "Real" muxlislari ham bor edi. Ma'lum bo'lishicha, muxlislar Peres bilan gaplashishga urinishgan. 

Muxlislardan biri unga qarata: "Prezident, Krishtianuni qaytaring, iltimos!" degan. Yana bir muxlis esa: "Ronalduni "Atletiko"ga o'tishiga yo'l qo'ymang" deb aytgan. Peres ularga javob bermay, avtograf berishda davom etgan. 

Eslatib o'tamiz, Ronaldu ayni paytda o'ziga yangi jamoa izlamoqda. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: AS