Ronalduning agenti: Yaqin 7 yilni Krishtianu Realda o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
28 dek 2015, 08:35
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqin orada klubni tark etmasligini uning agenti Jorje Mendesh ma'lum qildi.

Krishtianu – barcha davrlarning eng kuchli futbolchisi. Yaqin 7 yilni u aynan Realda o'tkazadi va faoliyatini Madridda yakunlashiga ishonchim komil.

Madridda barchasi qoniqtirmoqda, u 40 yoshida faoliyatini yakunlamoqchi, – deydi agent.

Oldinroq Ronaldu yozda PSJ yoki Manchester Yunaytedga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com