

Ma'lumotlarga ko'ra, rossonerlar vakillari futbolchi agenti Jorje Mendeshdan uning "Qirollik klubi"dagi holati haqida ma'lumot so'rashgan. Italiya grandi vakillari Mendesh bilan "Bavariya" yarim himoyachisi Renatu Sanshesh borasida uchrashib, Ronaldu haqida savollar berishgan.
Oldinroq Ronaldu soliq muammosi tufayli "Qirollik klubi"ni tark etishi mumkinligi e'lon qilingan edi. 31 iyul kuni u sud oldida javob beradi.


