⚡️Ronaldu zaxirada qolgani uchun Portugaliya termasini tark etmoqchi bo'lgan

Omonjon To`xtamirzayev
8 dek 2022, 16:09
Hujumchi Krishtianu Ronaldu jahon chempionati vaqtida Portugaliya termasi safini tark etishi mumkin bo'lgan.

KriRo terma jamoa ustozi Fernandu Santush 1/8 final doirasidagi Shveytsariyaga qarshi uchrashuv asosiy tarkibiga uni kiritmaganidan qattiq norozi bo'lgan.

Ronaldu murabbiyning bunday qaroridan keyin narsalarini yig'ishtirib, terma safini tark etmoqchi ham bo'lgan. Biroq, biroz o'ylab ko'rgach, Krishtianu hali musobaqada terma uchun muhim futbolchi sifatida foydasi tegishi mumkinligini tushungan hamda qolishga qaror qilgan.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: footmercato.net