Ronaldu "Yuventus"dan ketish haqida o'ylamayapti

13 iyul 2020, 19:34
Turinning "Yuventus" klubi forvardi Krishtianu Ronaldu jamoada qoladi, deb xabar qildi Tuttosport.

Portugaliyalik futbolchi "Keksa Sinora"dagi holatidan mamnun va jamoasini o'zgartirish haqida o'ylamayapti.

35 yoshli hujumchi keyingi mavsum "Yuve"ning bir qismi sifatida turli rekordlar o'rnatmoqchi. Shuningdek, Ronaldu joriy mavsum yakunlariga ko'ra, "Oltin butsa"ni qo'lga kiritishni maqsad qilgan.

O'xshash yangiliklar


Manba: Tuttosport