Ronaldu "Yuventus" rahbariyatidan "Real" himoyachisini sotib olishni so'radi

Aslanov Jasurbek
29 avg 2018, 12:05
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqin vaqt ichida yana "Real" himoyachisi Marselo bilan birga o'ynashi mumkin.

33 yoshli futbolchi 30 yoshli braziliyalikni sotib olishni so'rab Turin klubi rahbariyatiga murojaat qildi. Ronalduning fikricha, "Qirollik klubi" Marseloni 50 mln evroga sotishga rozi bo'ladi. Portugaliyalik sobiq jamoadoshini qishgacha kutishga tayyor.

Ushbu transferga "Real" prezidenti Florentino Peres to'sqinlik qilishi mumkin. U yulduzlaridan ayrilmoqchi emas.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Don Balon