

"Oila barchasidan ustun va Ronaldu bunday qiyin pallada o'z yaqinlarini qo'llab-quvvatlaydi.
Shunday ekan, seshanba kuni "Enfild"da bo'lib o'tadigan "Liverpul"ga qarshi o'yinda uning ishtirok etmasligini tasdiqlashimiz mumkin. Oila maxfiylikka rioya qilishni so'raganini takidlaymiz", - deyiladi MYU xabarida.
Portugaliyalik oktyabrda Jorjina Rodriges bilan egizaklar kutishayotganini aytgandi. Keyinroq, bu o'g'il va qiz bola ekanligi ma'lum bo'lgan edi. Kecha, Krishtianu o'g'lining vafoti haqida ma'lum qildi.



