Ronaldu va Raneriga sovg'a qilinishi kerak bo'lgan soatlarni o'g'irlab ketishdi
Aslanov Jasurbek
11 yanv 2017, 14:25
FIFA Cyurixdagi taqdirlash marosimida sovg'a qilinishi kerak bo'lgan 6 ta soat yo'qolgani borasida Shveytsariya policiyasiga murojaat qildi.
Ma'lumotlarga ko'ra, Hublot markali soatlar tadbir boshlanguniga qadar o'g'irlangan. Tadbir sovrindorlariga boshqa markadagi soatlar sovg'a qilindi. O'g'irlangan har bir Hublot qo'l soati 92 ming evro turadi.