Ronaldu va Messi yana to'qnash kelishi mumkin

Sherzod Nurmatov
28 sen 2023, 18:30
Mazkur bellashuv kelgusi yil boshiga rejalashtirilmoqda.

Yanvar oyida "Al Nassr" va "Inter Mayami" klublari o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishi mumkin.

"Insidesport" xabariga ko'ra, Saudiya Arabistoni va AQSH klublari o'rtasida ikkita o'rtoqlik o'yini tashkil etiladi. Ulardan biri Xitoyda, ikkinchisi Fors ko'rfazi mamlakatlaridan birida bo'lib o'tadi.

Eslatib o'tamiz, joriy yilning yanvar oyida Saudiya Pro ligasi yulduzlari Fransiyaning PSJ klubiga qarshi maydonga tushgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Insidesport