

Bu haqda "qizil iblislar" bosh murabbiyi Erik ten Xag ma'lum qildi.
"Ronaldu ertaga qaydnomada bo'ladi. U bitta o'yinga maydonga tusha olmadi va endi u tarkibga qaytdi", - dedi ten Xag.
25 oktyabr kuni Ronaldu diskvalifikaciya qilinganidan so'ng jamoa mashg'ulotlariga qaytgani haqida xabar berilgandi. Ten Xag 37 yoshli portugaliyalik futbolchini 19 oktyabr kuni bo'lib o'tgan Premer-liganing 12-turi doirasidagi “Tottenxem”ga (2:0) qarshi o'yin tugashidan oldin zaxira o'rindig'ini tark etgani uchun uni asosiy jamoadan chetlatgandi.
Yevropa ligasi guruh bosqichidan o'rin olgan “Manchester Yunayted” – “Sherif” uchrashuvi 28 oktyabr kuni Manchester shahrida bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 01.00 da boshlanadi.



