Ronaldu shartnomasi yakunlanishidan oldin "Yuventus"dan ketmoqchi emas

Alisher
13 noya 2020, 10:14
Hujumchi Krishtianu Ronaldu Turinda o'zini yaxshi his qilmoqda.

Portugaliyalik futbolchi kelasi yilning yozida sotuvga qo'yilishi borasida hech narsani bilmaydi va "keksa sinora" tarkibida kamida shartnomasi yakunlanishiga qadar qolmoqchi - 2022 yilning yozi.

Xabarlarga ko'ra, Turin nafaqat hujumchiga yoqmoqda, balki uning oilasiga ham bu yerda qulay.

Eslatib o'tamiz, oldinroq MYU Ronalduga "Old Trafford"ga qaytishni taklif etgani haqida xabarlar yangragan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS