Ronaldu Saudiya Arabistoniga yetib keldi

Aslanov Jasurbek
21 dek 2022
Krishtianu Ronaldu faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi haqidagi mish-mishlar haqiqatga o'xshaydi.

Oldinroq, futbolchi Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubi bilan kelishib olgani haqida yangiliklar e'lon qilingan edi. Hamyurtimiz, O'zbekiston terma jamoasi a'zosi, "Al-Nasr" futbolchisi Jaloliddin Masharipov klubdagi raqamini (7) Ronaldu uchun 77-raqamga almashtirganini ma'lum qilgandi.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Krishtianu Ronaldu Ar-Riyod aeroportida yuklarini mashinaga ortayotgani aks etgan surat tarqaldi. Tez orada arab klubi bu borada rasmiy bayonot berishi mumkin.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/Footballogue