

“Al Nassr” futbolchisi sevgilisi Jorjina Rodriges bilan Amerika yetakchisining qarorgohiga tashrif buyurdi.
Ronaldu o'zi va Trampning Oval kabinetdan tushgan suratini ijtimoiy tarmoqqa joylashtirdi.
"Janob Prezident, siz va birinchi xonim menga va mening bo'lajak rafiqamga bildirgan taklif va samimiy qabul uchun rahmat. Bizning har birimizning beradigan narsamiz bor va men yangi avlodlarni jasorat, mas'uliyat va barqaror tinchlikka asoslangan kelajak qurishga ilhomlantirib, o'z hissamni qo'shishga tayyorman”, deb yozgan “Oltin to'p”ning besh karra sohibi.


