Ronaldu "Oltin to'p"ni topshirish marosimida ishtirok etmaydi

Aslanov Jasurbek
29 noya 2021
Dushanba oqshomida Krishtianu Ronaldu Parijda "Oltin to'p"ni topshirish marosimida ishtirok etmaydi. Bu haqda jurnalist Pedru Sepulveda o'zining Tvitter sahifasida xabar berdi.

Krishtianu Ronaldu faoliyati davomida besh marta "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan. Katta ehtimol bilan portugaliyalik futbolchi o'z kollekciyasini bu yil oltinchi marta shunday sovrin bilan to'ldira olmaydi. Lionel Messi, Robert Levandovski va Jorgino "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishda asosiy favoritlar sanaladi. Shu bilan birga, mish-mishlarga ko'ra, Messi ettinchi marta ushbu sovrinni qo'lga kiritadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/@pedromsepulveda