Ronaldu "Oltin to'p" haqida: "Men shaxsiy sovrinlarni o'ylab yashayotganim yo'q"

11 sen 2019, 19:13
Portugaliya terma jamoasi va "Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu individual sovrinlarga munosabati haqida aytib o'tdi.

"Har doim aytganimdek, men futbol olamida shaxsiy sovrinlarni o'ylab yashayotganim yo'q. Ular – jamoaviy g'alaba natijasi. Lekin, bu yaxshi, aldamayapman. 

O'zimni yaxshi his qilmoqdaman. Terma jamoamda o'zimni ko'rsata olayotganimdan faxrlanaman. Men faqat urayotgan gollarimdan emas, balki oxirgi yillarda milliy jamoamdagi darajadan ham xursandman", – deydi Ronaldu. 

O'xshash yangiliklar


Manba: marca.com