⚡️ Ronaldu "Napoli"ga o'tishga rozi bo'ldi

Alisher
28 avg 2022
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Napoli"ga o'tishga rozi.

Italyan klubi 37 yoshli portugaliyalikni ijaraga oladi, shu bilan birga manchesterliklar o'yinchining maoshini to'liq qoplashadi. Hujumchi Viktor Osimxen esa 100 million evro evaziga "qizil iblislar" safiga o'tadi.

Ronaldu joriy mavsum APL doirasidagi 3ta o'yinda maydonga tushdi.

23 yoshli Osimxen esa joriy mavsum A Seriyada 2ta o'yinda 2ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport