Ronaldu mundialda navbatdagi rekordni o'rnatdi

Eldor Akmurzayev
3 dek 2022, 08:50
Portugaliya TJ a'zosi Krishtianu Ronaldu jahon chempionatlaridagi umumiy zarbalari sonini 100 taga etkazdi.

37 yoshli hujumchi bunday natija bo'yicha musobaqa rekordchisiga (shu kabi statistika 1966 yildan beri hisoblab kelinmoqda) aylandi. Ronaldu 2006 yildan beri JCHda ishtirok etib keladi.

Avvalroq, u beshta mundialda gol urgan ilk futbolchiga aylangan va umumiy gollari sonini 8 taga etkazib olgandi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta Sports