Ronaldu: "Messining ko'z yoshlarini ko'rish og'ir, u Argentina terma jamoasiga qaytadi degan umiddaman"

Aslanov Jasurbek
30 iyun 2016, 17:48
"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Lionel Messini Argentina terma jamoasiga qaytishiga umid bildirmoqda.

"Messi qaror qabul qildi, muxlislar esa uni tushunishi kerak. U mag'lub bo'lishga yoki ikkinchi o'rinni egallashga o'rganmagan. Agar sen penaltidan gol ura olmasang, yomon futbolchiga aylanib qolmaysan. Ammo Messining ko'z yoshlarini ko'rish og'ir. U milliy jamoaga qaytadi degan umiddaman, chunki ular Leoga muhtoj" - deydi Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: NJ.com