

"Manchester Yunayted" Ole Gunnar Sulsher bilan xayrlashgach, yangi bosh murabbiy izlamoqda.
"Sky Sports" jurnalisti Rob Dorsettga ko'ra, hujumchi Krishtianu Ronaldu jamoani Ispaniya termasi ustozi Luis Enrike boshqarishini istamoqda.
Mashhur insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, Enrike MYUning qiziqishini eshitib, shunday degan: "Nima bugun 1 aprelmidi?". Ma'lum bo'lishicha, ispaniyalik mutaxassis terma jamoadagi faoliyatidan mamnun va ish joyini o'zgartirmoqchi emas.
Aytishliricha, mankunianlar Maurisio Pochettino, Zinedin Zidan, Erik ten Xag, Brendan Rojers, Xulen Lopetegi va Loran Blan kabi variantlarni ko'rib chiqmoqda.



