Ronaldu Madriddan arab mamlakatiga uchib ketdi

Оқил Абдубарноев
16 dek 2022
Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasi jahon chempionatini tark etganidan keyin bir necha kun mashg'ulot o'tkazgan Madriddan uchib ketdi.

DAZN jurnalisti Serxio Kvirantening yozishicha, hujumchi Madriddan BAAning Dubay shahriga shaxsiy samolyotida parvoz qilgan.

Ronaldu "Real Madrid" bazasida ikki kun mashg'ulot o'tkazdi.

37 yoshli forvard hozirda erkin agent hisoblanadi. Noyabr oyida u "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini bekor qilgandi.

Avvalroq Saudiya Arabistonining "Al Nasr" klubi uning keyingi klubiga aylanishi mumkinligi haqida bir necha bor xabar berilgandi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/SQuirante