Ronaldu – klub miqyosida 700 ta gol urgan tarixdagi ilk futbolchi!

Eldor Akmurzayev
10 okt 2022, 08:45
Angliya chempionati 10-turida “Manchester Yunayted” safarda “Everton”ni 2:1 hisobida engishga erishdi.

Uchrashuvda g'alaba golini esa zaxiradan o'yinga qo'shilgan Krishtianu Ronaldu urishga erishdi. Bu 37 yoshli portugaliyalikning klub miqyosida urgan yubiley 700-goli bo'ldi:

“Real Madrid” – 450 ta gol;

“Manchester Yunayted” – 144;

“Yuventus” – 101;

“Sporting” – 5.

Ronaldu bunday natijaga erishgan tarixdagi ilk futbolchiga aylandi. Shuningdek, Krishtianu qatorasiga 20 mavsumdan beri milliy birinchiliklarda to'p kiritib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia