Ronaldu ketma-ket ikkinchi oy eng yaxshisi

Mirjalol Normatov
3 okt 2023
"Al Nassr" futbolchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni chempionatida sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi bo'ldi.

Portugaliyalik futbolchi sentyabr oyida o'tkazgan barcha o'yinlarida gol urdi. 4 o'yinda u 5 gol va 3 assist qayd etdi.

Qayd etish kerak, Ronaldu ushbu etirofni ketma-ket ikkinchi marta qabul qilmoqda. Avgust oyida SPLning 3 o'yinida 5ta gol urib, 2ta assist qayd etgan Ronaldu eng yaxshisi bo'lgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/SPL_EN