Ronaldu kecha Portugaliyaning zaxira futbolchilari bilan mashg'ulot o'tkazishdan bosh tortdi

Sherzod Nurmatov
8 dek 2022, 18:16
Shu sababli asosiy tarkib bilan shug'ullandi.

Kecha hujumchi JCH 1/8 finalidan o'rin olgan Shveytsariyaga qarshi o'yinda (6:1) dastlabki daqiqalardanoq maydonga tushgan futbolchilar bilan mashg'ulot o'tkazgani ma'lum bo'ldi.

"Marca" xabariga ko'ra, ushbu o'yinning 73-daqiqasida maydonga tushgan Ronaldu uchrashuvni zaxira o'rindig'ida boshlagan futbolchilar bilan birga ishlashdan bosh tortgan.

Maydonga asosiy tarkibga kiritilgan o'yinchilar kecha trenajyor zalida mashg'ulot o'tkazishdi, ularga Ronaldu ham qo'shildi. Shveytsariyaga qarshi o'yinni zaxira o'rindig'ida boshlagan futbolchilar esa maydonda mashq qilishdi.

Ronaldu JCH 1/8 finalida asosiy tarkibda maydonga tushmagani uchun Portugaliya termasini tark etish bilan tahdid qilgani rostmi?

Ronaldu zaxirada qolgani uchun Portugaliya termasini tark etmoqchi bo'lgan 

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca