

Bir necha kun oldin Ronaldu sevgilisi bilan Portugaliyaga bordi va "Sporting" uchrashuvini tribunada tomosha qildi. Bahsga tashrif buyurgan suratkashlar bu juftlik tez orada to'y qilishini payqab qolishdi.

Ushbu suratda Jorjina Rodriges qo'liga narxi 150-200 ming funt bo'lgan uzuq taqib olgan. Taxminlarga ko'ra, forvard Jorjinaga turmushga chiqishni taklif qilib, ushbu uzukni sovg'a qilgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, to'y kelasi yil bo'lib o'tadi. Homilador Jorjina Rodriges farzand ko'rganidan so'ng Ronaldu bilan turmush quradi.


