

Mutaxassisning fikricha, Krishtianuning buyukligini isbotlash uchun Jahon kubogi shart emas.
Buyuklik uchun JCH shartmi?
Roberto Martines JCH-2026 oldidan Ronalduning merosi haqida shunday dedi:
"U Jahon kubogini qo'lga kiritadimi yoki yo'qmi, baribir barcha zamonlarning eng buyuk futbolchisi bo'lib qolaveradi. Bu borada mening fikrim qatiy".
Terma jamoaning maqsadi:
Murabbiy Portugaliya milliy terma jamoasining oldiga qo'yilgan vazifalar haqida ham gapirib o'tdi:
"Bizning asosiy mas'uliyatimiz - Jahon kubogi uchun kurashishda eng yaxshi imkoniyatlarni yaratish. Bunga doimiy tahlil, o'z ustimizda ishlash va Millatlar ligasidagi muvaffaqiyatga yordam bergan o'sha jangovar kayfiyatni saqlab qolish orqali erishamiz", - dedi Martines.
Eslatib o'tamiz, 41 yoshli Ronaldu Portugaliya milliy terma jamoasi bilan faoliyatidagi so'nggi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rmoqda. Uning kollekciyasida faqatgina ushbu nufuzli sovrin yetishmayapti.


