Ronaldu JCH-2026da o'ynamoqchi

Sherzod Nurmatov
20 dek 2022, 17:55
Ronaldu kelajagi bo'yicha yangi habarlar tarqaldi.

Krishtianu Ronaldu Portugaliya terma jamoasini tark etmoqchi emas va 2026 yilgi Jahon chempionatida o'ynashni xohlaydi.

"Marca" nashrining xabar bereshicha, hujumchi terma jamoadagi faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti. Uning yaqinlari Ronaldu 2026 yildagi Jahon chempionatida ishtirok etishni istayotganini ma'lum qildi.

Portugaliyaning JCH-2022dagi muvaffaqiyatsizligi Krishtianu uchun kuchli zarba bo'lgan, ayniqsa, Messi turnirda g'olib bo'lgani Ronaldu uchun yanada og'riqliroq. U hozir bunday hodisalarni engib o'tmoqchi.

Ayni paytda 37 yoshli forvard erkin agent maqomida. Noyabr oyida u "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini bekor qilgan. Ronaldu qishqi transferlar oynasida "Al Nassr" klubiga o'tishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Marca