Ronaldu JCH-2026 uning uchun so'nggisi bo'lishini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
11 noya 2025, 19:09
"Al Nassr" va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026 yilgi Jahon chempionati uning professional faoliyatining so'nggi bosqich bo'lishini tasdiqladi.

"Ha, bu rost, men bu paytda 41 yoshda bo'laman. Avval aytganimdek, shunchaki lahzadan zavqlanaman", – dedi Ronaldu.

Avvalroq Ronaldu Pirs Morganga bergan intervyusida futbolchilik faoliyatini yaqin orada tugatishi haqida gapirgandi, ammo aniq muddatni ko'rsatib o'tmagan edi.

40 yoshli portugaliyalik besh karra "Oltin to'p" sohibi hisoblanadi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: CNN