Ronaldu gollari soni bo'yicha Sulsherga yetib oldi

Mirjalol Normatov
12 dek 2021
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu APLda "Norvich"ga qarshi o'yinda penaltidan gol kiritdi.

Bu gol forvardning mankunianliklar tarkibida APLdagi 91-goli bo'ldi va shu orqali u jamoaning sobiq futbolchisi va murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher bilan tenglashib oldi.

"Manchester Yunayted"ning APLdagi to'purarlari:

1. Ueyn Runi – 183 gol

2. Rayan Giggz – 109

3. Pol Skoulz – 107

4. Rud van Nistelroy – 95

5. Endi Koul – 93

6-7. Krishtianu Ronaldu – 91

6-7. Ole-Gunnar Sulsher – 91


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal