Ronaldu Fransiyaga ko'chib o'tishi mumkin

9 avg 2020, 22:39
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu faoliyatini PSJda davom ettirishi kutilmoqda.

Footmercato.net xabariga ko'ra, futbolchi Turin klubining xalqaro maydondagi muvaffaqiyatsiz ishtirokidan norozi. Chunki Krishtianu "Yuventus"ga o'tar chog'ida nafaqat A Seriya, balki, Chempionlar Ligasida ham zafar quchishni maqsad qilgan edi.

Takidlanishicha, portugaliyalik o'yinchining vakillari allaqachon "Pari Sen-Jermen" rahbariyati bilan uchrashib, ehtimoliy transferni muhokama qilishgan.

Eslatib o'tamiz, kecha "Yuve" prezidenti Andrea Anelli 35 yoshli forvardning Turinda qolishi haqida gapirgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Footmercato.net