

Hozircha portugaliyalik futbolchi "butsasini mixga ilmoqchi" emas. Dazn bilan suhbatda Ronaldu chempionlik uchun kurashish imkoniyatini beradigan jamoada o'ynashni davom ettirishga tayyorligini aytdi. Ronaldu o'z nutqida ehtimol yana to'rt-besh yil o'ynashi, ammo u shu vaqt ichida imkon qadar ko'proq sovrin yutish niyatida ekanini ta'kidladi.



