Ronaldu Yevropa chempionatida yana bir rekordni yangiladi

Eldor Akmurzayev
16 iyun 2021, 21:50
Evro-2020 ilk turi doirasida Portugaliya TJ Krishtianu Ronalduning dubli evaziga Vengriyani yirik hisob (3:0)da engdi.

Ronaldu musobaqa final bosqichida g'alabalari sonini 12 taga etkazib, bu borada ham rekordchiga aylandi. Avvalgi eng yaxshi natija esa Ispaniya TJ sobiq a'zolari Sesk Fabregas va Andres Inestaga tegishli edi - 11 tadan g'alaba.

Avvalroq, 36 yoshli futbolchi Yevropa chempionatlari tarixidagi eng yaxshi to'purar (11 gol)ga va beshta qita birinchiligida maydonga tushgan ilk futbolchiga aylangani haqida xabar bergandik.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: squawka