Ronaldu Chempionlar ligasida rekord o'rnatdi

Sherzod Nurmatov
21 okt 2021
"Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Chempionlar ligasi doirasidagi "Atalanta"ga qarshi o'yinda (3:2) g'alaba to'pini kiritdi.

Xabar berishlaricha, "Atalanta" Ronaldu Chempionlar ligasida gol urgan 38-jamoa bo'ldi. Bu turnir rekordidir.

Eslatib o'tamiz, bir kun oldin PSJ hujumchisi Lionel Messi Chempionlar ligasida 37-jamoa darvozasini ishg'ol qilgandi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: William Hill