

Uchrashuvning asosiy va qo'shimcha bo'limlarida hisob ochilmadi. 105-daqiqada Krishtianu Ronaldu penaltidan unumli foydalana olmadi. Lekin, penaltilar seriyasida Ronaldu va uning sheriklari g'alabani o'zlariniki qilishdi. Ana shu g'alabadan keyin Portugaliya sardori ushbu Evro u uchun oxirgisi bo'lishi aytib o'tdi.
"Albatta, bu mening oxirgi Yevropa chempionatim. Lekin, gap futboldan ketish haqida emas. Men uchun eng muhimi 20 yildan beri bor bo'lgan ishtiyoqimni saqlab qolish", - deya Krishtianuning so'zlarini keltirdi Portugaliyaning "RTP" telekanali.

Ronaldu o'zining oltinchi Yevropa chempionatida ishtirok etmoqda va bu borada rekordchi hisoblanadi.



