Ronaldu: "Bazida "Real" muxlislari avvalgi natijalarimni unutib qo'yishlaridan afsusdaman"

Aslanov Jasurbek
9 dek 2017, 10:43
"Real" hujumchisi, faoliyatida beshinchi "Oltin to'p"ni qo'lga kiritgan Krishtianu Ronaldu uchrashuv paytida omadsiz o'yini uchun unga xushtak chaladigan muxlislardan xafa bo'lishini aytdi.

"Bazida "Real" muxlislari avvalgi natijalarimni unutib qo'yishlaridan afsusdaman. Futbol har doim ham siz istayotgandek bo'lmaydi va shunday vaqtlarda muxlislar sizni qo'llab-quvvatlashi lozim.

Biz to'rt yil ichida uch marotaba Chempionlar ligasi g'olibiga aylandik va bu oson bo'lmadi. Bazida o'yinimiz o'xshamaydi, to'p darvozaga kirishni istamaydi yoki darvozabon juda yaxshi harakat qiladi. Muxlislar bizga ko'proq ishonishini istayman" - deydi Ronaldu.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS