

12 noyabr kuni terroristlar Bayrutning janubiy qismida odamlar ko'p joyda terakt amalga oshirgan edi. Natijada 43 kishi halok bo'ldi va 239 dan ortiq kishi jarohat oldi.
Teraktda Haydarning ota-onasi vafot etdi. Jurnalist ayol Rana Xarbi ijtimoiy tarmoqda #CristianoMeetHaidar xeshtegi orqali Haydar haqida yozdi va bu hikoya tez orada mashhur bo'lib ketdi.
"Real"ning livanlik muxlislarining ma'lumotlariga ko'ra, Ispaniyadan qo'ng'iroq bo'lgan va bolakay Ronaldu bilan tez orada uchrashadi.


