Ronaldu APLda eng ko'p haq to'lanadigan futbolchiga aylandi

Aslanov Jasurbek
28 avg 2021, 22:42
Krishtianu Ronalduning MYUdagi maoshi ochiqlandi.

Daily Mail ma'lumotlariga qaraganda, Krishtianu Ronaldu MYUda haftasiga 480 ming funt maosh oladi. Bu esa APL rekordi sanaladi. Ikkinchi o'rinda, yaqindagina "Chelsi" tarkibiga qo'shilgan Romelu Lukaku qayd etilgan. Romeluning maoshi haftasiga 450 ming funt. Haftasiga 385 ming funt bilan Kevin de Bryune uchinchi o'rinni band etgan.

APLda eng ko'p maosh oluvchi (haftasiga) futbolchilar:

Krishtianu Ronaldu- £480,000

Romelu Lukaku - £450,000 (bonuslar bilan)

Kevin de Bryune - £385,000

Jek Grilish - £380,000 (bonuslar bilan)

David De Xea - £375,000

Per-Emerik Obameyang - £350,000

Raxim Sterling - £300,000

Xarri Keyn - £300,000

Pol Pogba - £290,000

Antoni Marsyal - £250,000

Muhammad Saloh - £220,000

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mail