
Ma'lumotlarga ko'ra, Portugaliya terma jamoasi futbolchisining kayfiyati bir necha sabab tufayli buzilgan. Florentino Peres Anchelottiga nisbatan qilgan ishi Ronalduga yoqmadi. Peres va Krishtianu o'rtasidagi munosabatlar anchadan beri iliq emas. Bundan tashqari, "Real" rahbarining Garet Beylga katta e'tibor qaratayotgani ham yoqmayapti. Ronaldu jamoaga kelishi mumkin bo'lgan Rafael Benites bilan ham yaxshi munosabatda emas.
Krishtianuning "Real" bilan shartnomasi 2018 yilgacha amalda va uning xizmatlariga PSJ qiziqish bildirmoqda.