Ronaldu "Al Hilol"ga qarshi o'yindagi xatti-harakati uchun jazolanmaydi

Оқил Абдубарноев
22 apr 2023, 00:15
“Al Nassr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Al Hilol”ga qarshi o'yindan (0:2) keyin qilgan ishorasi uchun jazolanmaydi.

Portugaliyalik forvard tribuna ostidan kiyinish xonasiga ketayotganida muxlislarning "Messi! Messi!" deya baqirgan xatti-harakatiga ishora bilan munosabat bildirgandi.

Saudiya Arabistoni futbol assotsiatsiyasining tartib-intizom va axloq qo'mitasi voqeani o'rganib chiqib, futbolchiga nisbatan hech qanday sankciya qo'llamaslikka qaror qildi. Qayd etilishicha, ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan videolar emas, faqat uchrashuvning rasmiy yozuvi tomosha qilingan. Faqatgina “Al Nassr” futbolchilari ikkinchi bo'lim boshiga qadar maydonga kech kirgani uchun 15 ming rial jarimaga tortildi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Goal